Jahon | 23:51 / 06.01.2017
9583
1 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi aeroportda yuz bergan otishmada odamlar halok bo‘ldi

AQShning Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl kurort shahri aeroportida otishma sodir bo‘ldi. Hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi yaralangan. Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda

Biroq voqea joyida bo‘lgan, Oq uyning sobiq matbuot kotibi Ari Fleysher 5 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. Jinoyatchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. 

Fleysherning aytishicha, politsiya hech kimga voqea joyini tark etishga ruxsat bermagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid