Sport | 21:05 / 06.01.2017
12774
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Obameyang Afrikaning eng yaxshi futbolchisi taqdirlangan marosimga qanday ko‘rinishda keldi?

Afrikaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi Nigeriya poytaxti Abuja shahrida bo‘lib o‘tdi

Sovrin uchun da'vogarlardan biri bo‘lgan gabonlik futbolchi Per-Emerik Obameyang marosimga krossovka, sport ishtoni, mayka va beysbolkada keldi. Chunki uning kiyimlari solingan bagaji aeroportda yo‘qolib qolgandi.

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Frankfurtdan Afrikaga uchgandi, ammo uning yuklari Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari aybi bilan yo‘qolib qolgan.

Per-Emerik Afrikaning o‘tgan yilgi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni olgan. U o‘tgan mavsumda «Lester» bilan Angliya chempioni bo‘lgan Riyoz Mahrezdan ortda qolgan. Uchinchi o‘rinni esa «Liverpul» futbolchisi Sado Mane egallagan.

Mavzuga oid