Fabio Kannavaro boş murabbiylik qilayotgan Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» jamoasi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Per-Emerik Obameyang uçun juda saxiy taklif berdi.
France Football naşri xabariga köra, xitoyliklar bu 27 yoşli hujumçini nemislar jamoasidan 80 million yevro evaziga sotib olib, unga 50 mln yevro miqdorida yillik maoş tölamoqçi. Agar Obameyang bu taklifni qabul qilsa, dunyoning eng köp maoş oluvçi futbolçisiga aylanadi.
Bundan oldinroq, Obameyang yozda «PSJ»ga ötişi, unga parijliklar yiliga 14 mln yevro miqdorida maoş tölaşga rozi bölgani haqida xabarlar berilgandi.
Gabonlik futbolçining «Borussiya» bilan şartnomasi muddati 2020 yil yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda Obameyang Germaniya çempionatida 31 uçraşuv ötkazdi, 29 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.













