Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Per-Emerik Obameyang jamoani özgartiriş niyatida.

Bild naşri ma'lumotiga köra, gabonlik futbolçi bu haqda «Borussiya» rahbariyati bilan gaplaşdi hamda unga boşqa klubga ötişga ruxsat berişlarini söradi. Xabar qilinişiça, Obameyangga «Milan», «PSJ» va Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» jamoalari qiziqiş bildirmoqda.

Futbolçining nemislar klubi bilan amaldagi şartnomasi 2020 yilning yoziga qadar möljallangan. U yakuniga yetgan mavsumda barça turnirlar doirasida 45 uçraşuvda maydonga tuşib, 39ta gol urdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2013 yilda «Sent-Eten»dan «Borussiya»ga ötganidan beri esa u 119 marta raqiblar darvozasini işğol qilgan.