«Milan» «Borussiya» hujumçisi Per-Emerik Obameyangga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Martsio xabar bergan.
«Rossoneri» dortmundliklar rahbariyati va 28 yoşli futbolçi talab qilayotgan mablağni haddan taşqari yuqori deb hisoblamoqda. Şu bois, «Milan» transfer narxi va futbolçi talab qilayotgan maoşni kamaytirişga harakat qilib köradi.
Avvalroq Obameyang faoliyatini Xitoy çempionatida davom ettirişi, unga «Tyantszin Tsyuantszyan» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Obameyangning «Borussiya» bilan şartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan. Gabonlik futbolçi yakunlangan mavsumda 31ta gol urib, Germaniya çempionatining eng yaxşi töpurariga aylangandi.
Qayd etiş kerakki, yangi xöjayinlar qöliga ötgan «Milan» şu vaqtgaça 6 transferni rasmiylaştirgandi: «Vilyarreal»dan himoyaçi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanç yarim himoyaçisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyaçi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumçi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumçi Fabio Borini va «Bayyer»dan Hoqon Çalxonöğli sotib olingandi.













