Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA fazogirlari ochiq koinotga chiqib modernizatsiya ishlarini bajarishdi
Foto: NASA
NASA’ning Xalqaro koinot stansiyasidagi fazogirlari Robert Kimbrou va Peggi Uitson 6 yanvarda ochiq koinotga chiqib, stansiyaning elektr ta'minoti tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha ishlarni bajarishdi.
Koinotga chiqish belgilangan vaqtda o‘tdi. Fazogirlar koinotga Toshkent vaqti bilan soat 15:23da chiqishgan.
Fazogirlar stansiya sirtida uchta yangi litiy-ionli batareyalarni o‘rnatishgan va boshqa qo‘shimcha ishlarni bajarishga kirishishgan. Ular taxminan 6,5 soatcha ochiq fazoda bo‘lishlari kerak. Kimbrou uchun bu uchinchi, Uitson uchun esa yettinchi ochiq koinotga chiqish bo‘lgan.
Fazogirlarga stansiyadan YeKA fazogiri Tom Peske va rossiyalik fazogir Oleg Novitskiy ko‘mak ko‘rsatishgan.
Stantsiyaga dekabrda 6 ta yangi litiy-ionli batareya 12 ta amaldagi vodorod-nikelli batareya o‘rniga keltirilgan. Eski batareyalardan 9 tasi stansiyani tark etuvchi yuk kemalarida olib ketilishi, qolgan 3 tasi esa o‘chiq holatda stansiya sirtida qolishi kerak. Bu batareyalardan birinchi 6 tasi Yaponiyaning "Konotori-6" yuk kemasida yanvar oxirida stansiyani tark etishi kerak.
NASA’da ta'kidlanishicha, yangi batareyalarning o‘lchami avvalgilardan kichikroq va shu bilan birga, ko‘proq energiyaga ega va foydalanishda unumlidir.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
07:24 / 31.10.2025
NASA 2025 US6 asteroidi haqidagi ma’lumotlarga kirishni chekladi. Sabab nima?
19:03 / 29.10.2025