Jahon | 17:44 / 06.01.2017
6439
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Meksika hisobiga chegara devori barpo etmaydigan bo‘ldi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan chegaralarida Lotin Amerikasi mamlakati hisobiga devor qurish fikridan qaytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, respublikachi prezident loyihani Amerika byudjyeti hisobidan moliyalashtirish taklifi bilan Kongressga murojaat qiladi. 

Shu bilan birgalikda, Politico nashrining qayd etishicha, Tramp ma'muriyati 2006 yilda AQSh prezidenti Jorj Bush tomonidan Meksika chegarasida 700 kmlik devor barpo etishni ko‘zda tutuvchi qonun imkoniyatidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlanishicha, o‘sha vaqtda loyiha amalga oshirilmagan. 

Aytish joizki, Meksika va AQSh o‘rtasida chegara devori qurish Donald Trampning saylovoldi va'dalaridan biri hisoblanadi. U, shuningdek, Meksika va Kanada bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuv (NAFTA)ni ham bekor qilishini aytgan edi. 

Mavzuga oid