Jahon | 16:00 / 07.01.2017
10159
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi: Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashi mumkin

Foto: RIA "Novosti"

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Donald Tramp AQSh prezidentligi lavozimida Moskva bilan munosabatlarni yaxshilashi mumkinligiga umid bildirdi.

"O‘ylashimcha, yangi saylangan prezident Donald Trampning Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash uchun o‘ziga xos rejalari bor. Shuningdek, Donald u tomonning bizlar o‘zaro kelishuvga erishishimiz mumkin bo‘lgan masalalar borligi haqidagi bayonotini tekshirishi ham mumkin bo‘lar", - dedi u PBS telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta'kidlashicha, AQSh va Rossiya so‘nggi yillarda qator yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy ishlarni amalga oshirishdi - Suriyadan kimyoviy qurolni olib chiqish va Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralardagi o‘zaro hamkorlik.

Biroq hali-hamon ikki mamlakat o‘zaro munosabatlariga halal berayotgan bir qator qiyinchiliklar bor, ta'kidlab o‘tdi Kerri.

"Bu muammolar keyingi ma'muriyat davrida ham bor bo‘lib qoladi. Umid qilamanki, Tramp ma'muriyati Rossiyaga strategik yondashuvni topadi. Bu holatda AQSh tashqi siyosati asosidagi muhim qadriyatlar chetdan surib tashlanmaydi, deb o‘ylayman", - qo‘shimcha qildi u.
 

Mavzuga oid