Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei sun'iy intellektli telefonlarni taqdim etmoqchi
Xitoydagi smartfonlar ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiya Huawei sun'iy intellekt texnologiyasini qo‘llagan holda yangi gadjyetni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
"Bu qurimalar raqamli dunyo va bizni o‘rab turgan borliq o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini bajaradi, - deya aytib o‘tgan korporatsiya tijorat bo‘linmasi rahbari Richard Yuy. – Bu kelajak “intellektual” telefoni xuddi robotdek bo‘ladi. U insonning yanada “aqlliroq” yordamchisiga aylanadi".
Richard Yuyning so‘zlariga ko‘ra, yangi gadjyet sun'iy intellekt sabab bizni o‘rab turgan borliqdagi dinamik tasvirlarni farqlashi hamda qayta ishlashi mumkin. Bu unga o‘rnatilgan real vaqtda qaror qabul qilish tizimi orqali amalga oshadi. Shuningdek, uni sensorli ekrandan tashqari pnevmatik va ta'm sezish datchiklari bilan jihozlash kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Huawei 2015 yilda dunyodagi smartfonlar ishlab chiquvchi eng yetakchi kompaniyalar ro‘yxatida uchinchi o‘rindan joy oldi (Janubiy Koreyaning Samsung Electronics va AQShning Apple’dan so‘ng). Korporatsiya 2016 yilda 139 milliondan ortiq mobil telefon sotgan. Huawei rahbariyatining ta'kidlashicha, kompaniya global yetakchilikka intilishda davom etadi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026