Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilning iyul oyida Payg‘ambar Masjidini portlatishni tashkillashtirgan terrorchi yo‘q qilindi
7 yanvar kuni Ar-Riyodda o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilingan jangarilardan biri iyul oyida Muhammad (s.a.v) masjidida bo‘lgan terakt tashkilotchilaridan biri ekanligi aytildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni IIV xabariga asoslanib, SPA agentligi xabar bermoqda.
Iyul oyida bo‘lgan mazkur teraktni xudkush-terrorchi amalga oshirgan bo‘lib, buning oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi og‘ir yaralangan edi. Portlash avtomobillar turar-joyida sodir etilgan.
O‘ldirilgan jangari mamlakatdagi eng xafvli jinoyatchilardan biri bo‘lgan. U portlovchi moddalar yasash bo‘yicha mutaxassis, shuningdek, terrorchilarni tanlash va tayyorlash ishlari bilan ham shug‘ullangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxt shimolida o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida ikki terrorchi yo‘q qilingan va mamlakatda sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan teraktning oldi olingan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026