Jahon | 12:19 / 08.01.2017
6018
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda poyezd avtobus bilan to‘qnashdi

Bangladeshning markaziy qismida poyezd mikroavtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Dhaka Tribune xabar yozgan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) Gazipur shahri yaqinidagi temir yo‘lda ro‘y bergan.

Politsiya qurbonlarning shaxsini aniqlagan, hodisa yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid