Jahon | 23:07 / 08.01.2017
6422
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada prezident lavozimiga yangi nomzod paydo bo‘ldi

Fransiyada prezident lavozimiga yana bir nomzod paydo bo‘ldi. Bu lavozimga o‘z nomzodini "Fransiyani sevish" harakati yetakchisi va sobiq bankir Olive Reji qo‘ydi, deb xabar bermoqda France Info radiostansiyasi.

52 yoshli Reji 597 fransuz meri va boshqa amaldorlarning imzosini to‘pladi, yana 150 nafar amaldor uni qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirganlar. Hammasi bo‘lib kamida 500 imzo kerak. Rejining aytishicha, uning saylovoldi kampaniyasi oxirigacha uni ming amaldor qo‘llab-quvvatlaydi. 

2003 yilgacha Reji bankda ishlagan, biroq keyin bu faoliyatdan voz kechib, Val-d'Uaz departamentida maslahatchi bo‘lgan. U "Fransiyani sevish" harakati asoschisi hisoblanadi. Bu harakatga 300 kishi a'zo.

Fransiya prezidenti saylovlari ikki bosqichda 23 aprel va 7 mayda bo‘lib o‘tadi. Mamlakat prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlar "Milliy front" partiyasi rahbari Marin Le Pen va Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon hisoblanadilar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid