Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun suzib yuruvchi yo‘l ochildi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Xunshuyxe daryosida dunyodagi eng uzun suzib yuruvchi yo‘l qurildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. U yangi sayyohlik attraksioni tasvirlangan rolikni taqdim etdi.
Yo‘l uzunligi deyarli 50 kilometrga teng. Bu Manxettendan (21 kilometr) ikki marotaba ko‘proqdir. Bunday yo‘nalish bo‘yicha sayr qilishga deyarli o‘n soat vaqt ketadi.

U "Ginnessning rekordlar kitobi"ga dunyodagi suzib yuruvchi eng uzun yo‘l sifatida kiritildi. Obekt 1 yanvar kuni ochildi va yangi yilning birinchi haftasida unga 60 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Ushbu inshoot daryodagi suv hajmi bilan ko‘tariladi hamda tushadi. Yo‘l bo‘ylab 200 mingdan ortiq turli suzib yuruvchi obektlar joylashgan. Shunisi qiziqki, turistik yo‘nalish qorong‘i tushganda yorqin ranglarda bezaladi.





Mavzuga oid
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026