Jahon | 18:58 / 09.01.2017
3882
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada birinchi suzuvchi mehmonxona barpo etiladi

Irlandiyadagi birinchi suzuvchi mehmonxona tez orada kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi shahar hisoblangan Korkning qoq markazida barpo etiladi. Irish Examiner gazetasida xabar berilishicha, mahalliy ishbilarmonlar nemis sayyohlarini Reyn bo‘ylab tashigan 100 metrli "My Story" kemasini shu maqsadda qayta jihozlashmoqchi.

Manbaga ko‘ra, kema to‘liq qayta jihozlanadi. Har bir kayutaning o‘z vannaxona va hojatxonasi bo‘ladi. Yuqori qulaylik yaratilgan sayyohlarga an'anaviy irland oshxonasi asosidagi restoran xizmat ko‘rsatadi. 

Yangi mehmonxonaning interer dizayni bilan kim shug‘ullanishi haqida hozircha ma'lumot berilmadi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, "Singapur avialiniyalari" uchun birinchi toifali salonlarni jihozlagan James Park Associates firmasi mazkur loyihaga qiziqish bildirgan. 

Suzuvchi mehmonxonadagi nomerning taxminiy bahosi 150 yevroni tashkil qilishi mumkin. Shunga qaramay, loyiha mualliflari mehmonxonaga talab katta bo‘lishiga ishonch bildirishmoqda. 

Rasmiy statistikaga ko‘ra, Irlandiya mehmonxonalarida yashash uchinchi yil ketma-ket qimmatlashmoqda. Korkdagi bir tun sayyohga o‘rtacha 129 yevroga tushadi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid