Sh. Mirziyoyev: Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 5 yanvar kuni Sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Videokonferensiya shaklida tashkillashtirilgan tadbir respublikaning barcha hududlari bilan bog‘langan holda o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida sog‘liqni saqlash sohasi qanchalik muhim o‘rin tutishi, sog‘lom avlod kelajagi aynan shu sohaning samarali faoliyatiga uzviy bog‘liqligi xususida so‘z yuritdi.
"Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati samaradorligi, tezkorligi va sifati umuman talabga javob bermaydi. Shu sababli ushbu xizmat turiga aholidan e'tirozlar juda ko‘p kelib tushmoqda. Masalan, virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarda tez tibbiy yordam brigadalarining kechikib kelishi, mashinalar, yoqilg‘i va dori-darmonlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada alohida ta'kidlash zarurki, tez tibbiy yordamga murojaatlarning 35 foizi ambulator poliklinika tizimida hal etilishi mumkin. Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan. Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tez tibbiy yordam xizmati kechikib kelsa, kasallarning holi nima kechadi?"
Davlatimiz rahbari tez tibbiy yordamning vaqtida ko‘rsatilmasligi natijasida qanchadan qancha bemorlar hayotdan ko‘z yumishi kuzatilayotgani haqida kuyinib so‘zladi. Mazkur tizimning tarkibiy tuzilishini qaytadan ko‘rib chiqish vaqti kelgani ta'kidlandi. Eng yangi tashxis va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiy uskuna va aloqa vositalari bilan ta'minlangan maxsus avtotransportlarni qo‘shimcha ajratish masalasini hal qilish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:52 / 15.03.2025
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi

19:11 / 07.03.2025
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi

18:18 / 28.02.2025