Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Samarqandda ko‘ptarmoqli klinikalar quriladi
Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda aytilishicha, hududlardagi markaziy shifoxonalarda tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini samarali tashkil qilishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda tibbiyot, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasida jami qiymati 1,2 milliard dollarlik 5 ta, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 745 million dollarlik 6 ta hamda oliy ta’lim sohasida 100 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish choralari belgilab olindi.
Xususan, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Samarqand shaharlarida ko‘ptarmoqli zamonaviy klinikalar quriladi. Hududlardagi markaziy shifoxonalarda tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Madaniyat va sport sohalaridagi ayrim faoliyatlarga xususiy sektorni jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunga qadar 43 ta madaniyat markazi xususiy sektorga berilgan bo‘lib, yana qo‘shimcha 127 tasini berish imkoniyati aniqlangan.
Shu kabi bo‘sh turgan basseyn, sport zali va maydonlarini ham yangilab, sog‘lomlashtirish xizmatlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun madaniyat va sport inshootlarini soddalashgan tartibda xususiy sheriklikka berish taklifi ilgari surildi.
Davlat rahbari ijtimoiy sohadagi vazirliklar hamda mahalliy hokimliklarga tegishli obektlar kesimida “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlab, ijrosini ta’minlash, xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh osmonida «Oltin gumbaz», G‘arb diplomatlariga o‘q uzgan Isroil va Rossiya armiyasidan qochganlar – kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 12:25
-
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
Jahon | 12:24
-
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
Sport | 12:05
Mavzuga oid

23:10 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga yetib bordi

21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi

19:00 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev OTP Group Boshqaruvi raisi Shandor Chani bilan uchrashdi

18:39 / 21.05.2025