Jahon | 21:00 / 09.01.2017
5137
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada konstitutsion referendum o‘tkazilishi mumkin

Turkiyada aprelning birinchi haftasida konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin, deb mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Chanikli aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Reuters axborot agentligi

Uning aytishicha, yangi qonun loyihasi davlat rahbari vakolatlari kengaytirilishini nazarda tutadi.

Turkiya parlamentining 9 yanvardagi umumiy yig‘ilishida taklif qilinayotgan konstitutsion o‘zgarishlar muhokama qilina boshlandi. Taxmin qilinishicha, bu bosqich 3 haftadan ko‘proq davom etadi.     

Avvalroq parlament konstitutsion komissiyasi Turkiya konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qilgandi, uni yetakchi Adolat va rivojlanish partiyasining 316 deputati imzolagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid