Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MTJ yanvarda yig‘in tashkil qiladi, o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Yevropadan raqib tanlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21–24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Daniya Futbol Federatsiyasining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, yig‘in doidasida Samvel Babayan shogirdlari 22 yanvar kuni Daniya U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuv Dubay shahridagi Sevens stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi.
Oldinroq yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi 23 yanvar kuni Gruziya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
BAAdagi yig‘inga boradigan tarkib murabbiylar shtabi tomonidan keyinroq e'lon qilinadi. Bo‘lajak o‘yinlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi o‘quv-mashg‘ulotlarida Armaniston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026