Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Vandallar Messining Buenos-Ayresdagi haykalini sindirib ketishdi
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o‘rnatilgan Lionel Messining haykalining yarmi noma'lum shaxslar tomonidan qirqib ketilgan. Bu haqda shahar hokimiyati vakili ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "haykal vandalizm qurboni bo‘lgan". Jinoyatchilarning harakatlari oqibatida postamentda sportchining oyoq qismi va futbol to‘pi qolgan.
"Buenos-Ayres hokimiyati haykalni qaytadan tiklash ustida ish olib bormoqda", - deyilgan xabarda.
Ondacero radiosining rasmiy tvitterida voqea joyida olingan surat namoyish qilingan.

Haykal shaharning Puerto-Madero tumanida, 2016 yilning iyunida argentinaliklar Amerika Kubogi finalida Chiliga yutqazib qaytgach, jamoa yetakchisi terma jamoadan ketishini e'lon qilganidan so‘ng uni qaytarish uchun o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
09:36 / 10.05.2024