Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Pokemon GO o‘yini taqiqlandi
Xitoyning matbuot, radio, kinematografiya va televideniye bo‘yicha davlat boshqarmasi Pokemon GO o‘yinini taqiqladi. Xitoy hukumati o‘yinni odamlar hayotiga o‘ta xavfli deb topdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy hukumati to‘ldirilgan reallik o‘yinini u bilan bog‘liq ko‘plab noxush, hattoki o‘lim bilan tugagan voqealar sababli taqiqlashga qaror qildi. Bundan tashqari, mamlakatda o‘yin vaqtida ishlatiluvchi geolokatsiya ma'lumotlari sababli "geografik axborot xavfsizligi" masalalaridan tashvishlanishmoqda.
Pokemon GO smartfonlar uchun to‘ldirilgan reallik elementlariga ega mobil dastur bo‘lib, Nintendo kompaniyasi tomonidan 2016 yil 6 iyulda ishga tushirilgan. O‘yin "Pokemon" yapon multfilmi asosida yaratilgan va uning maqsadi virtual jonzotlar – pokemonlarni qidirishdan iborat.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026