Rossiya mudofaa vaziri amerikalik hamkasbiga mulohazaliroq bo‘lishni tavsiya qildi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu amerikalik hamkasbi Eshton Karterga Rossiyaning Suriyadagi aksilterrorchilik operatsiyasidagi roliga baho berishda ehtiyotkorroq bo‘lishni tavsiya qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Shoygu mudofaa vazirligining rahbarlar tarkibi bilan yig‘ilishda "Kecha men uzoq xorijdagi hamkasbimning chiqishini ko‘rdim, u Rossiyaning Suriya va mintaqada terrorchilikka ulushiga "nol" baho berdi", deb aytgan. Shoyguning aytishicha, agar uning hamkasbi, birinchidan, davlatni adashtirib yubormaganda va ikkinchidan, o‘z baholarida ehtiyotkor bo‘lganida bunga rozi bo‘lish mumkin edi.
Shoygu Suriyadagi operatsiya natijalari haqida to‘xtalib, asosiy vazifa bajarilganini aytgan. "Qanchalik og‘ir va mushkul bo‘lmasin, fikrimcha, nafaqat "nol"ga, balki minusga ishlagan xalqaro koalitsiya yordamiga qanchalik muhtoj bo‘lmaylik, biz asosiy vazifani bajardik", deb aytgan.
8 yanvarda Karter NBC telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Suriyada mavjudligi faqatgina fuqarolik urushini avj oldirishini aytgandi, Rossiyaning AQShning IShIDga qarshi kurashiga hissasini "nol"ga baholagandi. Rossiya davlat dumasi Irina Yarovaya Karterning bu so‘zlarini AQShda hokimiyat tepasiga yangi ma'muriyat kelishi sababli Pentagon rahbariyatining o‘zgarishini nazarda tutib, "so‘nish oldidan sarosima", deb atagan.
Mavzuga oid
22:15
Peskov Harrisning so‘zlariga «Putin odamlarni yemaydi» deb javob qaytardi
21:33
Dunyoning eng badavlat o‘n kishisi Trampning qayta saylanishi tufayli rekord darajada boyidi
21:20
Tramp tarafdorlari AQShdan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda – OAV
19:32