O‘zbekistonda 2016 yilda 503 ta chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxona ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda chet el kapitali ishtirokida 503 ta yangi korxona ro‘yxatga olindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu korxonalarning 351 tasi Toshkent shahriga, 48 tasi Toshkent, 19 tasi Samarqand, 18 tasi Andijon, 14 tasi Farg‘ona, 9 tasi Buxoro, 9 tasi Sirdaryo, 7 tasi Surxondaryo, 5 tasi Xorazm viloyatlariga va 10 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 102 tasi Rossiya Federatsiyasi, 95 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 55 tasi Koreya Respublikasi, 35 tasi Buyuk Britaniya, 33 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 31 tasi Turkiya Respublikasi, 21 tasi Hindiston Respublikasi, 14 tasi Eron Islom Respublikasi va 10 tasi Ozarbayjon Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.
Chet el kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning 237 tasi sanoat, 88 tasi savdo, 42 tasi qurilish, 25 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 15 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi iqtisodiy faoliyat turlarida tashkil etilgan.
2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 5 mingdan ortdi.
Mavzuga oid
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
07:30 / 12.10.2024