Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdagi biznesga 200 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat berildi
O‘zbekiston fuqarolarining chet eldagi investitsiya faoliyati uchun limitlar oshirildi.
Adliya vazirligi Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Hujjatga ko‘ra:
1. O‘zbekiston fuqarolarining chet eldagi investitsiya faoliyati uchun 1 kalendar yil davomidagi limitlar amaldagi 10 ming $ o‘rniga quyidagicha oshirilmoqda:
a) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish (ulushli ishtirok etish) va chet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini tashkil etishga:
-
200 ming $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
-
100 ming $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;
b) chet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirishga:
-
100 ming $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalar uchun;
-
50 ming $ gacha, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar uchun;
d) chet eldagi korxonalarining ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etishga – 10 ming $ gacha, jismoniy shaxslar uchun.
2. Banklar tomonidan kapital harakati operatsiyalari bo‘yicha qog‘oz jurnal hamda hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majildlar yuritish talabi bekor qilindi.
Bunda, jarayonni raqamlashtirish orqali ushbu operatsiyalarni ro‘yxatga olish Markaziy bankning FERUz axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
3. Kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritish raqamlashtirilgani munosabati bilan ushbu operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bank orqali amalga oshirish talabi bekor qilindi.
4. Endi tadbirkorlik sub’yektlari kapital harakati operatsiyalarini ikkilamchi hisobvaraqlar orqali ham amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
17:59 / 20.06.2026