Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus 2016 yilda o‘z buyurtmachilariga 688ta samolyot yetkazib berdi
Yevropaning Airbus aviasozlik kompaniyasi 2016 yilda 82 buyurtmachiga 688 havo kemasini yetkazib berdi. Bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 8 foizga ko‘proqdir, deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, Airbus o‘tgan yili A320 oilasidagi 545ta tor fyuzelyajli, A330’ning 49ta keng fyuzelajli, A350 XWB uzoq magistaldagi 49ta keng fyuzelajli va ikki palubali A380’ning 28ta samolyotini yetkazib bergan.
A321’ning yo‘lovchilar soni kengaytirilgan tor fyuzelajli samolyotlari eng ommabop modelga aylandi – yetkazib berilgan havo kemalarining 40 foizdan ortig‘i uning hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2016 yilda 51 kompaniyadan 731ta samolyotga buyurtma olingan. Ularning aksariyati - tor fyuzelajli samolyotlardan iborat.
Mavzuga oid
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb ta’riflanayotgan samolyotni qurdi
10:33 / 28.02.2026