Aleksis Sanches uchun ispan jamoasi da'vogar
Madridning «Atletiko» jamoasi Londonning «Arsenal» jamoasining chililik hujumchi Aleksis Sanchesga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
El Grafico de Chile nashriga asoslanib, As nashrining xabar berishicha, 28 yoshli bu futbolchi Madrid jamoasining transferlar bozoridagi asosiy nishoni bo‘lib turibdi.
«Atletiko» Sanches «Arsenal»ga o‘tishidan oldinroq ham sotib olishga urinib ko‘rgandi. Endi madridliklar jamoasi rahbariyati ushbu futbolchi bilan yana muzokara boshlamoqchi.
Jamoa ushbu futbolchini yozda «MYu»ga o‘tib ketishi kutilayotgan Antuan Grizmann o‘rniga olmoqchi.
Sanchesning londonliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. Unga «Manchester Siti», «Yuventus» va «PSJ» kabi klublardan ham qiziqish mavjud.
Sanches joriy mavsumda APLning 20 uchrashuvida maydonga tushgan va 13 gol urib, 8 golga uzatma bergan.
Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi 2007-2011 yillarda Italiyaning «Udineze» jamoasida to‘p surgan. 2011 yilda «Barselona» uni 26 mln yevro evaziga sotib olgan, 2014 yilning yozida u 42,5 mln yevro evaziga London jamoasiga transfer qilingandi.
«Arsenal»da muhit tarang: «Bornmut»ga qarshi o‘yin vaqtida Sanches g‘azabini tiya olmadi
Mavzuga oid
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024
«Barsa»ni noodatiy penalti qutqardi, Mbappe joker rolida. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 05.02.2024