Jahon | 10:19 / 11.01.2017
6040
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy amaliyotlaridan tashvish bildirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turkiya armiyasining Suriya shimolida olib borayotgan jangovar amaliyotlaridan xavotirini izhor qilmoqda. Turkiya harbiy kuchlari ushbu mintaqadagi Al-Bob shahrida IShIDga qarshi kurash olib borayotganini ta'kidlaydi. Butunjahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga shu haqda ma'lum qilgan.

"BMT Al-Bob tumanida IShIDga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlar tufayli tinch aholi vakillarining holatidan tashvishda", - degan Dyujarrik. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar va uning atrofida istiqomat qiluvchi 30 mingga yaqin inson turarjoylarini tark etib, Azaz, Jarablus, Manbij va boshqa yaqin oradagi tumanlarga qochgan. Bundan tashqari, tashkilot tinch aholi vakillari orasida ham qurbonlar bo‘layotgani haqida xabarlarni olmoqda. 

Ma'lumki, Turkiya Qurolli kuchlari 2016 yil 24 avgustdan Suriya ozodlik armiyasi bilan birga "Frot qalqoni" amaliyotini o‘tkazib keladi. 

Mavzuga oid