Jahon | 08:14 / 11.01.2017
3300
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriya yaqin orada NATO tarkibiga qabul qilinishi mumkin

AQSh senatori Jon Makkeyn Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqoti doirasida bayonot berishicha, ushbu mamlakat yaqin orada NATO tarkibiga kirishi mumkin. Bu haqda Chernogoriya hukumati rasmiy saytida ma'lum qilingan

«Amerika senati yaqin orada Chernogoriyaning alyansga kirishiga oid protokolni ratifikatsiya qiladi», — deyiladi xabarda. 

Xabarda ta'kidlanishicha, Makkeyn Markovichni bosh vazirlikka saylanishi bilan qutlagan va mamlakatga tashrif buyurish niyati borligini aytgan. 

Avvalroq, Rossiya TIV umumevropa hamkorligi departamenti direktori Andrey Kelin, Chernogoriya NATO talablariga mos kelmasligi haqida bayonot bergan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid