Jahon | 08:46 / 11.01.2017
18673
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya yarimorolida yadro urushi istalgan lahzada boshlanishi mumkinligi aytildi

Koreya yarimorolida yadro urushi istalgan lahzada boshlanishi mumkin. BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kim In Ryon ana shunday ogohlantirish bilan chiqdi.

"Koreya yarimorolida favqulodda keskin vaziyat hukm surmoqda hamda AQSh va uning izdoshlari tomonidan Shimoliy Koreyani bo‘g‘ish maqsadida o‘tkazilayotgan harbiy harakatlar tufayli yadro urushi qachon chiqishini hech kim bilmaydi", deb aytdi diplomat xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash mavzusidagi debatlarda. 

Diplomat Shimoliy Koreya tomonidan 2016 yil boshida o‘tkazilgan yadroviy sinovdan keyin AQSh yarimorolda THAAD raketa hujumiga qarshi tizimini joylashtirishga qaror qilganini eslatib o‘tdi. Uning aytishicha, Vashingtonga "yarimorolga turli xildagi strategik yadro kuchlari, jumladan yadro bombardimonchilari va suv osti kemalarini olib kelishning o‘zi yetarlilik qilmagan".

Diplomatning aytishicha, Shimoliy Koreya oxirgi yillarda bir necha marotaba BMT Xavfsizlik kengashiga AQSh va Janubiy Koreya tomonidan o‘tkaziluvchi harbiy harakatlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilgan, biroq bu iltimoslar e'tiborsiz qoldirilgan. Uning ta'kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyatda uning davlatida "1950-yillardan boshlangan AQShning doimiy tahdidlaridan" himoyalanish uchun yadro quroli yaratishdan boshqa iloj qolmagan.

Oxirgi yillarda Shimoliy Koreya umumiy hisobda 5 ta: 2006, 2009, 2013 yillarda bittadan va 2016 yilda 2 ta yadroviy sinov o‘tkazgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid