Tillerson AQShning Rossiya bilan oshkora muloqot fikrini ilgari surdi
AQSh davlat kotibligi uchun nomzod Reks Tillerson Rossiya bilan «oshkora va chin dildan» o‘tkaziladigan muloqot tarafdori ekanini bildirdi, deb yozmoqda The Washington Post nashri.
«Biz Rossiyaga yashil tusga aylanuvchi zaif va «qizil chiziqlar» bilan qorishib ketgan shartli belgilarni yubordik. Rossiya biz o‘ylayotgandek tushunayotganini tan olmadik», — degan Tillerson.
Uning fikricha, «mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan joy olgan ziddiyatli o‘tmish va kelishmovchiliklarga so‘z bilan barham berib bo‘lmaydi».
«Bizga Rossiya bilan, uning shuhratparastligidan qat'i nazar, ochiq va haqiqiy muloqot kerak», — degan Amerika tashqi siyosat mahkamasi rahbarligiga nomzod.
Shu bilan bir vaqtda, Tillerson Amerika manfaatlariga bepisandlik bilan qarayotgani uchun Rossiyani tanqid qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva jahon hamjamiyati hurmatini qozonishga urinishda Amerika manfaatlarini nazar-pisand qilmayapti.
«Rossiyaning yaqin o‘tmishdagi harakatlari Amerika manfaatlariga zid edi. O‘shanda, u global miqyosda hurmat va o‘ringa ega edi», — degan Tillerson va «tiklanayotgan Rossiya»dan xavotirlanayotgan NATO a'zolari haq ekanini ta'kidlagan.
ExxonMobil korporatsiyasining sobiq rahbarining qayd etishicha, Rossiya Xitoydan keyin AQSh uchun eng jiddiy zamonaviy chaqiriq hisoblanadi.
U, shuningdek, radikal Islomni ham Vashington uchun tahdidlar sifatida qayd etgan. Tillersonga ko‘ra, Eron va KXDR ham AQSh uchun zamonaviy xavotirlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024