Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh kotibiga ochiq xat: "Asad rejimi darhol to‘xtatilsin!"
Suriya muxolifatining asosiy muzokarachisi Riyod Hijob BMT bosh kotibi Antonio Gutterishga ochiq xat bilan murojaat qilib, Asad rejimi va uning tarafdorlari tomonidan yarashuv bitimining 399 marta buzilishi natijasida kamida 271 nafar kishi halok bo‘lganligini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
Hijob BMT va unga a'zo mamlakatlarni ayniqsa, Damashqdagi Barada vodiysida vaziyatning yomonlashuvi tufayli aralashishga va Asad rejimi jinoyatlarini hukm qilishga chaqirdi. Uning fikricha, yarashuv bitimining buzilishi navbatdagi gumanitar inqirozga sabab bo‘lgan.
Bosh muzokarachi, shuningdek rejim aviazarbalari Ayn-al-Fijh, Besim, Kafr Zayt va Husayniy qishloqlaridagi suv obektlariga yo‘naltirilganligini ma'lum qildi.
Shu bilan birga ochiq maktubda Barada vodiysidagi hujumlarda barrel bombasi qo‘llanilganligi hamda buning inson huquqlariga oid xalqaro qonunlarga zid ekanligi qayd qilingan.
Hijob rejim kuchlari Kimyoviy qurolning taqiqlanishiga oid konvensiyani ham ochiqdan-ochiq buzganligini ta'kidlagan va bunga misol tariqasida 5 yanvar kuni Besim qishlog‘iga tarkibida xlor gaz bo‘lgan raketalar bilan uyushtirilgan hujumini keltirib o‘tdi.
Bu mintaqalarda yashovchi aholi borgan sari ko‘proq oziq-ovqat, suv, elektr energiyasi va tibbiy dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Asadning rejimi darhol to‘xtatilishi kerak, deb hisoblaydi Hijob.
Rejim kuchlari va ularning tarafdorlari 2016 yilning oxirida Halabni qo‘lga kiritgandan keyin Barada vodiysidagi hujumlarni kuchaytirdi. Vodiy Damashqdan 16 kilometr narida joylashgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026