Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi o‘z tarkibida musulmon davlatni ko‘rishni istamayapti
Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi jarayoni atrofidagi bahslar Turkiyaning aksariyat aholisi musulmon ekanligi bilan bog‘liq, deb aytdi L'Opinion fransuz nashri sharhlovchisi Jan-Dominik Mersh "Anadolu" axborot agentligiga.
Jurnalist Turkiya terrorchilikka qarshi kurashda G‘arbdan zaruriy siyosiy qo‘llab-quvvatlovni olmayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"Yevropa va AQSh terrorchilikka qarshi kurashda Turkiya bilan razvedka ma'lumotlari bilan bo‘lishadi. Bu texnik ko‘makdir, biroq Turkiya siyosiy tomondan yakkalangan", deb aytdi Mersh.
Uning aytishicha, Turkiyaga birdaniga bir nechta terrorchilik tashkiloti: IShID, Kurdiston ishchi partiyasi va Fathulla Gulenning FeTO terrorchilik oqimi rahna solmoqda.
"Turkiya va Livanda G‘arbdan ko‘ra imkoniyatlar va zaxiralar ancha kam bo‘lsa-da, aynan shu davlatlar qochqinlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatmoqda. Jumladan, Anqaraning gumanitar faoliyatiga yuqori baho berish kerak. Afsuski, Yevropa qochqinlarga tegishli tarzda g‘amxo‘rlik qilmayapti", deb ta'kidlab o‘tdi jurnalist.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:48 / 17.06.2025