Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2018 yilgi JCh mezbonligidan mahrum etilishi ehtimoli haqida ochiq gapira boshlashdi
Butunjahon antidoping agentligining (WADA) sobiq rahbari va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi a'zosi Richard Paund Rossiyani 2018 yilgi jahon chempionatidan mahrum qilish imkoniyatlari haqida gapirdi. U agar bir qator terma jamoalar turnirni boykot qilsa, bu Rossiyani mezbonlikdan mahrum bo‘lishiga olib kelishini aytgan.
«FIFAning JCh-2018 turnirini Rossiyada o‘tkazish borasida qarori bor. Ammo ba'zi mamlakatlar Rossiyada antidoping qoidalarining qo‘pol buzilishi yuzasidan norozilik bildirib, musobaqada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Agar shu holat yuz bersa, Rossiya JCh-2018dan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi. Biroq men hozirda FIFAdan uzoqman va tashkilotdagi vaziyatni aniq bilmayman, shuning uchun bu borada aniq bir gap ayta olmayman», deya Paundning so‘zlarini keltirgan «R-Sport».
10 yanvar kuni 19 mamlakat, shu jumladan, AQSh, Kanada va Germaniyaning antidoping tashkilotlari Rossiyani barcha xalqaro musobaqalardan chetlatish va yirik musobaqalarni o‘tkazishdan mahrum qilishga chaqirgandi.
2018 yilgi mundial 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11 shahridagi 12 stadionida o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
14:14 / 07.02.2026