Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TTeSI jamoasi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan marhum harbiylar xonadoniga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut rektori S.Yunusov boshchiligida Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori U.Abdullayev, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektor R.Maksudov va boshqa mas'ul xodimlar tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Lisunova-4, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida, shuningdek, Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlarga yetib kelishida o‘zining mislsiz jangovar mehnat jasoratlarini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar kapitan Tog‘ayev Jahongir Ro‘ziyevich hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-mikrorayon, “Kabutar” mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yashovchi serjant Abdullayev Paxlavon Saydullayevichlarning xonadonida bo‘lib, ularni bayram bilan tabriklab, marhum ofitserlarning tengsiz jasoratlari hozirgi yoshlarimiz uchun namuna ekanligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik Vatanimizning bu kabi mard o‘g‘lonlarning buyuk xizmatlari ekanligini faxr bilan yodga oldilar.
Tashrif davomida xonadon egalariga institut jamoasining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026