Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish istagi bilan yonayotganini aytdi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Meksika bilan devor qurishni cho‘zib o‘tirish niyatida emasligini aytdi. Tramp bu haqda Nyu-Yorkda o‘ziga tegishli Tramp-tauer binosida o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Ushbu matbuot anjuman C-SPAN telekanali tomonidan efirga uzatilgan.
"Men kutishni istamayman. Men bir yil yoki 1,5 yil kutishni istamayman. Men hoziroq qurishni boshlamoqchiman. Shunday bo‘ladi ham", deb aytgan Tramp.
U Meksikani "o‘z manfaatlari yo‘lida AQShdan foydalana boshlaganlikda" ayblamasligini ta'kidlab o‘tdi.
"Men Meksika xalqini yaxshi ko‘raman, mening qo‘limda ko‘plab meksikaliklar ishlaydi va ular ajoyib insonlar", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Shuningdek matbuot anjumani davomida jurnalistlar Meksika bilan qurilajak "to‘siq" haqida so‘rashganda Tramp bu "to‘siq" emasligi, balki "devor"ligini aytgan. Trampning aytishicha, devor albatta quriladi va shu bilan birga buning uchun Meksika haq to‘laydi.
Avvalroq Meksikaning yangi tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray Meksika hech qanday variantda ham AQSh chegarasida "Tramp devori" qurilishi uchun haq to‘lamasligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026