Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining virtual qabulxonasi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda.
Xususan, Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Mahkamova Zulayho Bahriddinovnaning virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Valiyev Kun.uz’ga xabar berdi.

2017 yilning 13 yanvar kuni ochilgan «Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisining virtual qabulxonasi» mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026