18:52 / 13.01.2017
12141

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan Toshkent viloyati IIBga kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qanoatlantiruvchi va rad etuvchi qarorlar qabul qilinmoqda, shuning barobarida fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga imkon yaratilib, aholining ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlanishiga erishilmoqda. Kezi kelganda fuqarolarga murojaat asosida huquqiy tushuntirishlar olib borilib, qo‘shimcha ma'lumot va tekshirishlar talab qiladigan murojaatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va ularning ham belgilangan muddatlarda yechimi topilmoqda.

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va sohaga oid masalalarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish maqsadida 2017 yil 7 yanvar kunidan viloyat IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu esa fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va muammolarni hal etish yuzasidan internet tizimidagi online.toshkentviloyatiiib.uz xavolasi orqali Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga bevosita murojaat yo‘llashlari uchun imkoniyat yaratdi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning tubdan yangicha tizimini joriy etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish maqsadida viloyat IIBda “Toshkent viloyati IIBning sayyor qabulxonasi” tashkil etilib, buning uchun zamonaviy televizor, kompyuter to‘plami, konditsioner kabi anjomlar bilan jihozlangan maxsus “Isuzu” avtobusi ajratildi.

Mavzuga oid
Top