1 fevraldan prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini pm.gov.uz internet manzilida test rejimida işga tuşdi, unda har bir foydalanuvçiga şaxsiy kabinet oçiş, köp beriladigan savollarga batafsil javob oliş imkoni yaratilgan.

ÖzA’ning yozişiça, virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bölgan şaklda turli muammo va masalalar böyiça malakali yuridik yordam berilişini ta'minlovçi «Onlayn maslahatçi» moduli yaratildi. Bu modul «Köp beriladigan savollar» bölimi bilan hamohanglikda işlaydi.

Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari böyiça maslahatçi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik şaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borişi va mazkur xizmat şu yil 15 fevraldan boşlab test rejimida işga tuşirilişi közda tutilgan.

«Onlayn maslahatçi» xizmati virtual qabulxona orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma'lumotga ega bölgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat oliş imkoniyatini taqdim etmoqda. Endilikda u yoki bu masala böyiça huquqiy axborot oliş uçun bir neça kun javob xati kelişini kutiş zarurati qolmaydi. Bu öz navbatida portalda röyxatga olinayotgan, faqat huquqiy ma'lumot oliş nazarda tutilgan murojaatlar soni qisqarişiga, davlat organlarida boşqa turdagi murojaatlar bilan işlaş sifati oşişiga xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik şaxslarning huquqiy ma'lumot olişga bölgan ehtiyojlari tezkor ravişda ta'minlanişiga erişiladi. “Onlayn maslahatçi” moduli orqali köp beriladigan savollar muntazam tahlil qilinib, şu asosda “Köp beriladigan savollar” bölimi töldirib boriladi.

Şuningdek, «Vazirlik va idoralar rahbarlarining fuqarolarni qabul qiliş jadvallari va ularga murojaat yuboriş» moduli joriy qilindi. Bu bilan pm.gov.uz manzilida barça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar rahbarlarining fuqarolarni qabul qiliş jadvallari yagona bazada joylaştirildi. Ya'ni, davlat organlari rahbarlarining fuqarolar qabuliga doir ma'lumotlar – qabul kunlari, vaqti, tegişli telefon raqamlari, elektron poçta manzillari, davlat organining manzili haqidagi ma'lumot bir joyda jamlandi.

Ayrim hollarda jismoniy va yuridik şaxslar özlarini qiziqtirgan masala uçun qaysi davlat organi mas'ul ekani borasida yetarli bilimga ega bölmaydi. Şu bois mazkur modulda alohida «Funktsiya va vazifalar» bölimi taşkil etilib, davlat organlarining qonun hujjatlariga muvofiq funksiya va vazifalari töğrisidagi ma'lumotlar bilan tanişiş imkoniyati yaratildi.

«Xalq qabulxonalari manzillari» bölimida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari töğrisidagi ma'lumotlarga ega böliş mumkin. Barça Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron poçtasi, geolokatsiya ma'lumotlari va boşqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi töğrisidagi ma'lumotni Özbekiston interaktiv xaritasi orqali topişi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylaşgan manzili onlayn xaritada yoki sun'iy yöldoşdan suratga olingan xarita rejimida körsatilgan.