Vazirlik va idoralar saytida 25 fevralgaça rahbarlarning virtual qabulxonalari yopiladi. Ularga ariza, şikoyat yoki taklif bilan endi Özbekiston prezidenti Virtual qabulxonasi sayti orqali murojaat qiliş mumkin böladi. 

Avvalroq 1 fevraldan prezidentning yangilangan virtual qabulxonasi pm.gov.uz internet manzilida test rejimida işga tuşgani xabar berilgandi. Unda har bir foydalanuvçiga şaxsiy kabinet oçiş, köp beriladigan savollarga batafsil javob oliş imkoni yaratilgan. Virtual qabulxona yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bölgan şaklda turli muammo va masalalar böyiça malakali yuridik yordam berilişini ta'minlovçi «Onlayn maslahatçi» moduli yaratildi. Bu modul «Köp beriladigan savollar» bölimi bilan hamohanglikda işlaydi.

Davlat organlari rahbarlarining onlayn-qabulxonalari işi töxtatiş funksiyalar takrorlanişidan qoçiş imkonini beradi, murojaatlarni körib çiqiş ustidan nazoratni kuçaytiradi va jarayon samaradorligi hamda şaffofligini oşiradi.