Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA iqtisodiyot vaziri xorijiy investitsiyalar qonuni haqida fikrlarini bildirdi
Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Sulton Al Mansuriy xorijiy sarmoyalar to‘g‘risidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi xususida ijobiy fikrlarini bildirmoqda. Mazkur hujjat iqtisodiyotning ayrim sohalarida yuz foizlik xorij sarmoyasi ishtirokida korxonalarni tashkil etishga imkon beradi.
BAAning xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi, sanoat sohasida ulkan sarmoyaviy imkoniyatlarni barpo qilishi kutilmoqda, deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltiradi The National.
Al Mansuriyning qayd etishicha, yangi qonun qabul qilinishi BAA “ochiq eshiklar” siyosatining uzviy davomi bo‘ladi hamda mintaqaviy va xalqaro kompaniyalarning mahalliy bozorga kirishini yengillashtiradi.
2016 yilning oktabr oyida qonun loyihasi BAA vazirlar mahkamasi va Federal milliy majlisda muhokama qilinishi ma'lum bo‘lgan edi. Biroq, yangi qoidalar qachon qabul qilinishi hanuzgacha noma'lum.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026