Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada kuzgacha NATO davlatlarining 1,2 minglik qo‘shini joylashtiriladi
Litvada kuzgacha joylashtiriladigan NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar bo‘linmalarining tarkibi 1,2 ming kishini tashkil qiladi. Bunday raqamni Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis ma'lum qildi.
Bu bo‘linmalarga vaqti-vaqti bilan birgalikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Polshaga tashlanayotgan amerikalik harbiylar qo‘shilib turishadi.
Avvalroq NATO bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gottemyuller AQSh alyansning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun Yevropaga 3,5 ming harbiy, 87 ta tank va 144 ta bronetransportyor yuborishini ma'lum qilgandi. 14 yanvarda ular Polshadagi Zaganive harbiy bazasida rasman kutib olinishlari kerak edi. Bu yerda AQSh brigadasi taxminan 9 oygacha bo‘ladi.
Litvada joylashtiriladigan qo‘shin NATOning xalqaro batalonini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026