Jahon | 20:49 / 14.01.2017
9636
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Rossiya yaqinlashish jarayonini cho‘zayotgani aytildi

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakchi turk tomoni Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi uchun barcha ishni qilganiga qaramasdan, Rossiya ikki davlatning yaqinlashishi jarayonini cho‘zayotganini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda

"Rossiya bilan xizmatlar va investitsiyalar masalasi bo‘yicha muloqot faol va ijobiy yo‘sinda davom etayotganiga qaramasdan, ikki davlat hamkorligi darajasi inqirozgacha bo‘lgan darajaga hali qaytmadi", deb aytgan Zaybakchi.

Jumladan, uning aytishicha, mahsulotlar sifat darajasi saqlanib qolganiga qaramasdan, Turkiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga cheklov amal qilmoqda, mahsulotlar yetkazib berishdagi kvotalar va Turkiya fuqarolarining Rossiyada ishga joylashishi uchun ruxsat berishda muammolar mavjud. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid