Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. Ibrahimovichning goli «MYu»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Foto: Twitter/premierleague
Angliya premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Turning markaziy uchrashuvida «Yunayted» azaliy raqiblaridan biri «Liverpul»ni qabul qildi.
Birinchi davrada bo‘lgani kabi bu uchrashuvda ham g‘olib nomi aniqlanmadi. Avvaliga Jyeyms Milner Pol Pogbaning jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida Zlatan Ibrahimovich tomonidan kiritilgan gol mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shunga qaramay bu uchrashuv «MYu»ning 9 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasiga yakun yasab berdi.
Ushbu natijadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 45taga yetdi va ular «Arsenal»ni to‘rtinchi o‘ringa tushirib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Manchester Yunayted» esa 40 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi.
APL, 21-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 1:1 (0:1)
Gollar: Ibrahimovich (84) – Milner (27, penalti).
Manchester Yunayted: De Xea, Roxo, Jons, Darmian (Fellayni, 76), Valensiya, Errera, Kerrik (Runi, 46), Pogba, Mxitaryan, Marsyal (Mata, 65), Ibrahimovich.
Liverpul: Minole, Aleksander-Arnold, Klavan, Lovren, Jan, Xenderson, Lallana, Veynaldum, Firmino, Milner, Origi (Koutino, 61).
Ogohlantirishlar: Lovren (31), Veynaldum (61), Errera (90+2), Firmino (90+2).
Mavzuga oid
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026