Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va Falastin muammosiga bag‘ishlangan Parij konferensiyasiga asosiy ishtirokchilar kelmadi
15 yanvar kuni Parijda Yaqin Sharq masalasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi. Unda Falastin-Isroil munosabatlarining yaxshilanishi masalasi ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgandi.
LCI xabariga ko‘ra, anjumanga Falastin va Isroil rahbarlari Mahmud Abbos va Binyamin Netanyahu tashrif buyurmagan.
Isroil rahbari uchrashuv boshlanishidan oldinroq mamlakat hukumati qarshisida bu anjuman «Fransiya homiyligidagi falastinliklar konferensiyasi ekani» haqida aytgandi.
«Ularning maqsadi Isroilga qarshi choralar qabul qilishdir», — degan bosh vazir.
Konferentsiyada Fransiya IIV rahbari Jan-Mark Eyro «uchrashuvga kelganlarning barchasi mintaqadagi og‘ir vaziyatni anglab turgan kishilar ekani» haqida gapirgan.
Uchrashuvda 70 davlatdan vakillar qatnashmoqda. Vazir bu ikki davlat mustaqilligi tahdid ostida qolayotgani, bunga qarshi choralar ko‘rish lozimligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026