Jamiyat | 16:20 / 15.01.2017
12994
3 daqiqa o‘qiladi

To‘rt bolaning onasi YouTube'dagi tavsiyalar bo‘yicha uy qurdi

Farzandlarini yolg‘iz voyaga yetkazayotgan Kara Brukins YouTube kanalidagi saboqlar bo‘yicha uy qurdi, bunda unga farzandlari yordam berishdi. Ayol bolalar xavfsizligi hamda ko‘chmas mulk narxining yuqorilab borayotgani uchun ham shunday qilishga qaror qildi. Buzzfeed shu haqida hikoya qildi. 

Karaning yoshligi qiyinchilikda kechdi, murakkab munosabatlardan charchagan ayol 2008 yilda chorasiz ahvolda qoldi: u bundan keyin erining xo‘rliklariga chidab yashay olmasdi, boz ustiga ruhiy nosog‘lom bo‘lgan sobiq turmush o‘rtog‘i ham uni ta'qib qilardi, biroq Kara eri bilan ajrashib ham ketolmas edi - zero o‘shanda uning oilasi sig‘adigan katta uy xarid qilishga puli yetmasdi.

"Xo‘rliklarga to‘la ikki turmushdan keyin men va farzandlarimga boshqa bir muhit zarur edi. Men ularning oldida uyalardim va farzandlarimning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qligidan xavotirda edim", - deydi Kara Brukins

Zo‘ravonliklardan qochish va xavfsizlikda yashash maqsadida Kara va uning farzandlari mustaqil ravishda uy qurishga qaror qilishdi.

 

Barchasi 2007 yilda boshlandi. Ayol farzandlari bilan dam olib qaytayotganida to‘fon vayron qilgan uyga ko‘zi tushdi. U o‘z uyini qurish uchun qurilish materiallariga 150 ming dollar kredit oldi. O‘sha paytlar Karaning farzandlari 17, 15, 11 va 2 yoshda bo‘lishgan.

"Bu ularning o‘z hayotlarini yaxshilash tomon birinchi urinishlari edi. Biz juda soddamiz, biroq ba'zan jaholat insonni dadillashtiradi", - deydi Kara. 

Oila a'zolarining qurilish borasida hech qanday ko‘nikmalari bo‘lmagan, shuning uchun ular uy qurishni  YouTube'dagi saboqlardan o‘rganishgan.

Karaning so‘zlariga ko‘ra, uy qurilishi vaqtida oila a'zolari yanada jipslashgan. Natijada ular 5 xonali haqiqiy qurishning uddasidan chiqishgan, bolalar esa endi "hech narsadan qo‘rqishmaydi".

Hozir Kara Nyu-Yorkda yashaydi va katta kompyuter tahlilchisi va yozuvchi bo‘lib ishlaydi.

 

Mavzuga oid