Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sayyor va virtual qabulxonasi ishga tushdi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining www.andijoniib.uz elektron manzilida rasmiy veb-sahifasi ochildi. Veb sahifada Boshqarma boshlig‘ining virtual qabulxonasi ham o‘z faoliyatini boshladi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar mazkur virtual qabulxona orqali ichki ishlar organlari va soha bilan bog‘liq muammolar hususida ariza, murojaat, taklif va tavsiyalarini elektron shaklda yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, mazkur rasmiy veb-sahifada Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining qabul jadvallari, “Ishonch telefonlari” ro‘yxati, shaxsiy tarkib o‘rtasida o‘tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar yoritib boriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sayyor qabulxonasi tashkil etildi. Sayyor qabulxona samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun bir dona yangi Isuzu rusumli avtobus maxsus jihozlandi.


Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026