Jahon | 13:13 / 16.01.2017
5003
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Yaponiyaning turli tumanlarida ushbu mavsumdagi eng kuchli qor yog‘ishi sababli ro‘y bergan hodisalar 7 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda "Iomiuri" gazetasi yozmoqda. 

Qurbon bo‘lganlarning aksariyati yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan. Keksa dehqon esa issiqxonasi vayronalari ostida qolib ketgan. Bir necha kishi uylarining tomini qordan tozalash chog‘ida qulab tushib, halok bo‘lgan. 

Xiogo prefekturasidagi qor uyumlari sababli, 50ga yaqin oila istiqomat qiladigan qo‘rg‘on tashqi dunyodan uzilib qolgan. Ularga politsiya vertolyotlari yordamga yuborilgan. 

Umuman, 15 yanvarda izdan chiqqan Yaponiya transport harakati tiklangan. Kuchli shamol tufayli 5 aviaparvoz bekor qilingan, xolos. Tezyurar poyezdlar harakati ham qayta boshlangan. 

Mahalliy hokimiyat organlarining ma'lum qilishicha, 15 yanvarda Yaponiya shimolining ayrim mintaqalarida bir kunda 25 sm qor yoqqan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid