20:49 / 16.01.2017
21013

Ispaniya davlat kotibi Ar-Riyoddagi muzokaraga nomaqbul kiyimda keldi

© Foto: skrinshot/ sayt www.elmundo.es

Saudiya Arabistoniga Ispaniya qiroli Felipe VI boshchiligidagi ispan delegatsiyasi tarkibida kelgan Ispaniyaning savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bu musulmon davlatida amal qiladigan kiyinish odobiga xilof ish tutdi.

Ayol Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan muzokaralarga kalta yubka va boshyalang keldi, deb xabar bermoqda Mundo ispan nashri. Ispaniyalik siyosatchining bu ko‘rinishi Saudiya Arabistonining bir qator OAVda norozilik uyg‘otdi.

Bu g‘arblik ayol siyosatchilar Saudiya Arabistonidagi bunday uchrashuvlar bayonnomasini buzayotgan birinchi holat hisoblanmaydi. Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen dekabr oyidagi Saudiya Arabistonidagi uchrashuvga kostyum-shimda va ro‘molsiz kelgan. "Men borayotgan mamlakatlarimning madaniyati va udumlarini hurmat qilaman va ularga moslashishga harakat qilaman. Biroq kiyim borasida menda chegara bor: men ro‘mol o‘ramayman va shim kiyib yuraman", deb aytgan der Lyayyen.

Saudiyalik siyosatchilar bilan xuddi shunday "noma'qulchilikka" AQShning birinchi xonimi Mishel Obama ham yo‘l qo‘ygan. U saudiya qiroli bilan uchrashuvga ro‘molsiz kelgan. Obamaning tashrifini yoritgan muxbirlar yana bir axloq buzilishiga e'tibor qaratishgan: uchrashuv vaqtida Mishel Obama va qirol bir-birlarining qo‘llarini siqib qo‘yishgan, vaholanki islomda erkaklarga nomahram ayollarga tegish taqiqlanadi. 

Ispaniya qiroli Saudiya Arabistoniga birinchi marta tashrif buyurmoqda.

Top