Jahon | 20:13 / 16.01.2017
9445
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul politsiyasi tungi klubga hujum qilish maqsadi talonchilik bo‘lgani bo‘yicha gumon qila boshladi

Turkiya hukumati 2017 yilning 1 yanvarida Istanbuldagi tungi klubga avtomat bilan qurollangan holda hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik Abdulgapir Masharipovning maqsadi pul bo‘lgani ehtimoli haqida gumon qila boshladi. Bu haqda Business Standard nashrida yozilgan.

Bunday taxmin yuzaga kelishiga sabab terrorchi yashagan Istanbuldagi kvartirani tintuv qilish vaqtida 150 ming dollar topilgan. Politsiyaning gumoniga ko‘ra, u xavfsizlik choralari kuchaytirilgani tufayli pullarni olib keta olmagan bo‘lishi mumkin.

Endilikda tergov Masharipovning ushbu jinoyatni amalga oshirishi bo‘yicha yagona sabab mavjud bo‘lganidan shubha qilmoqda. Bundan tashqari, kuch ishlatar tizimlar bu teraktga maxsus xizmatlarning aralashgani ehtimolini tekshirmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda Istanbulda politsiya terrorchiga aloqadorligida gumon qilib, 2 kishini qo‘lga olgani haqida aytilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid