Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin va Merkelga bo‘lgan ishonchim uzoqqa cho‘zilmasligi ehtimol
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp The Times nashriga intervyu berdi. Uning aytishicha, hozirda, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkelga ishonadi. Biroq, bu holat uzoq cho‘zilmasligi ham mumkin.
«Birinchidan, men ikkisiga ham ishonaman, ammo ko‘ramiz, bu ishonch qanchalik davom etar ekan», — degan respublikachi.
Keyin Tramp: «ehtimol, bu umuman uzoqqa cho‘zilmas», - deya qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, Donald Tramp, agar Vladimir Putinga yoqar ekan, bu nuqson emas, balki ustunlik ekanini aytgan edi. O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp kelishib olishiga umid bildirgan edi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026