O‘zil beshinchi marta Germaniyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
"Arsenal" klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil 2016 yil yakuniga ko‘ra Germaniyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qildi.
O‘zil ovoz beruvchilarning 54,5 foiz ovozini yig‘di va 2-o‘rinni egallagan, terma jamoa bo‘yicha sherigi va "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosni (33,9 foiz) ancha ortda qoldirdi. Ovoz berishda 3-o‘rinni "Kyoln" himoyachisi Yonas Xektor (4 foiz) egalladi.
28 yoshli futbolchi o‘z faoliyatida 5-marotaba Germaniyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi (2011, 2012, 2013, 2015, 2016 yillar). O‘zil 2016 yilda bosh muvaffaqiyatlariga "Arsenal" safida erishdi. 2015/16 yillar mavsumi natijalariga ko‘ra, O‘zil Angliya Premer-ligasining eng yaxshi assistenti (19 ta golli pas) va klubning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
13:55 / 23.10.2024